English for Kids
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ingliz tili: oʻyin shaklidagi mashgʻulotlar, qoʻshiqlar, qisqa dialoglar. Uyda yodlashsiz.
- Mashgʻulot
- 60 daqiqa
- Kurs
- 36 mashgʻulot
Namangan · 2014-yildan
Noldan IELTSgacha ingliz tili, nemis tili va 1–11-sinflar uchun chuqurlashtirilgan yoʻnalishlarga ega maktab. Bitta oʻqituvchilar jamoasi, ikkita dastur — oʻzingizga keragini tanlang.
Tezkor ariza
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring — ish kuni davomida qoʻngʻiroq qilib, mos guruhni tanlashga yordam beramiz.
Nimadan boshlash
Qaysi kursga borishni bilmayapsizmi? Oʻzingizni shkaladan toping. Har bir daraja — uch oy, 36 mashgʻulot, haftasiga uch marta.
Darajangizni bilmayapsizmi? Testdan oʻting — darajangizni aniqlaymiz va mos guruhni tanlaymiz.
Dasturlar
Guruhlar test natijalariga qarab shakllantiriladi. Mashgʻulotlar haftasiga uch marta, kurs uch oy davom etadi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilari uchun ingliz tili: oʻyin shaklidagi mashgʻulotlar, qoʻshiqlar, qisqa dialoglar. Uyda yodlashsiz.
Alifbo, oʻqish, asosiy leksika va oddiy zamonlar. Kurs oxirida oʻzingiz haqingizda gapirasiz va oddiy nutqni tushunasiz.
Kundalik mavzular: xarid, yoʻl, ish, oila. Bogʻlangan gaplar tuzish va savol berishni oʻrganasiz.
Barcha asosiy zamonlar, har darsda soʻzlashuv amaliyoti, moslashtirilgan matnlar va birinchi esselar.
Mavzularni erkin muhokama qilish, ona tili sohiblari nutqini tinglash, kengaytirilgan leksika. Biznes ingliz tili shu darajadan boshlanadi.
Imtihon formatiga tayyorgarlik: topshiriqlar tuzilishi, vaqt taqsimoti, strategiyalar. Asosiy IELTS kursidan oldingi poydevor.
Toʻrt modul — Listening, Reading, Writing, Speaking. Sinov imtihonlari va oʻqituvchi bilan xatolar tahlili.
Yozishmalar, muzokaralar, taqdimotlar va terminologiya. Pre-Intermediate darajasidan boshlaymiz.
Goethe-Zertifikat, ÖSD, OIF, DSD va TestDaF imtihonlariga tayyorgarlik. A1 dan C2 gacha darajalar, xalqaro tajribaga ega oʻqituvchilar.
Xususiy maktab · 2024-yildan
Oʻquv markazining davomi — endi toʻliq oʻrta taʼlim. Oʻqitish oʻzbek tilida, 1-sinfdan 11-sinfgacha, toʻrtta yoʻnalish boʻyicha chuqurlashtirilgan dastur bilan.
Tajribali oʻqituvchilar, zamonaviy taʼlim muhiti va qulay sharoitlar — farzandingiz kelajagi uchun mustahkam poydevor. Joylar soni cheklangan.
Maktab rahbari
LSL School direktori
«Shuhrat» medali · 2026-yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan taʼlim sohasidagi koʻp yillik fidoyi mehnati uchun «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan.
Bu mukofot — bir insonning emas, butun maktab jamoasining yutugʻi: har kuni sinfxonada ishlayotgan ustozlarimizning mehnati, bilimi va fidoyiligi eʼtirofi.
Kuchli jamoani shakllantirish, oʻquv jarayonini puxta tashkil etish va har bir oʻquvchining natijasiga eʼtibor — Anvar Jamoliddinovich ish uslubining asosi.
Maktab rahbariyatiga yozish →Narxlar 2026–2027 oʻquv yili uchun. Har oyda toʻlanadi.
Toʻlovni telefon orqali amalga oshirish mumkin: ilovada QR-kodni skanerlang yoki telefondan shu sahifadagi tugmani bosing.
QR-kodni skanerlang
Ilovada toʻlash
Toʻlovdan keyin chekni maktab administratoriga koʻrsating.
Har oy oʻquvchilar imtihon topshiradi. Yuqori natija koʻrsatgan oʻquvchi keyingi oylik toʻlovga 25% chegirma oladi. Uni har oy qayta-qayta qoʻlga kiritish mumkin.
Maktabning oʻz oshxonasida uch mahal ovqatlanish.
Bir necha kishilik xonalar, uzoq tumanlardan kelgan bolalar uchun.
Konstruktorlar va model yigʻish toʻplamlari bilan jihozlangan alohida xona.
IT yoʻnalishi uchun jihozlangan xonalar.
Tezkor ariza
Kurslar, narxlar yoki maktabga qabul — nimani bilmoqchi boʻlsangiz, raqamingizni qoldiring, qolganini telefonda gaplashamiz.
Nega LSL
Boburshoh koʻchasi, Lola yoʻnalishi. Namanganning istalgan tumanidan yetib kelish oson.
Zamonaviy texnika, audio va video materiallar bilan jihozlangan yorugʻ va keng xonalar.
Har bir mashgʻulotda zamonaviy oʻquv qoʻllanmalari va interaktiv dasturlar.
Xalqaro imtihonlarga tayyorlash tajribasiga ega oʻqituvchilar.
Bilimlar muntazam nazorat qilinadi: siz shunchaki darsga qatnamay, oʻsishni koʻrasiz.
Haqiqiy IELTSga yaqin sharoitdagi sinov testlari va natijalar tahlili.
Yangiliklar
Qabul, tadbirlar va oʻquvchilarimiz natijalari haqida — Telegram kanalimizda batafsil yozib boramiz.
GIST — Gwangju Institute of Science and Technology — Janubiy Koreyaning ilm-fan, IT va muhandislik sohalariga ixtisoslashgan nufuzli davlat universitetlaridan biri.
Fall 2027 qabuli doirasida bakalavr bosqichida kontrakt toʻlovisiz, 100% grant asosida oʻqish imkoniyati mavjud.
Grant va imtiyozlar
Taʼlim yoʻnalishlari
LSL Consulting orqali avval ham oʻquvchimiz ushbu universitetga qabul qilingan. Hujjatlaringizni oldindan tayyorlang:
Janubiy Koreyaning Joongbu universiteti vakillari LSL Consulting tashkil etgan uchrashuv doirasida LSL Schoolga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida universitet vakillari va nomzodlar oʻrtasida qabul suhbatlari boʻlib oʻtdi.
LSL Consulting xalqaro taʼlim sari yangi imkoniyatlar yaratishda davom etadi.
Maktabimizda xalqaro fan olimpiadalari va ularda ishtirok etish imkoniyatlariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Suhbat davomida matematika, xorijiy tillar, STEM va dasturlash yoʻnalishlaridagi musobaqalar, onlayn saralash bosqichlari hamda Yevropa va AQShda oʻtkaziladigan grand finallar haqida maʼlumot berildi.
Bunday olimpiadalar oʻquvchilarga bilimini xalqaro maydonda sinash, yangi tajriba orttirish va shaxsiy portfoliosini boyitish imkonini beradi.
LSL School — katta maqsadlar sari dadil qadam!
Kontaktlar
Kursga yozilish, maktab haqida savol yoki taklif — hammasini shu yerdan yozing. Ish kuni davomida qoʻngʻiroq qilamiz.
Bizni qanday topish mumkin
Oʻquv markazi — Namangan, Boburshoh koʻchasi, 23 · Lola yoʻnalishi
LSL School — Namangan, «Baynalminal» mahallasi, Nodira koʻchasi, 7 · moʻljal: Sardoba
Yandex Xaritadan Yandex Go orqali toʻgʻridan-toʻgʻri taksi chaqirish mumkin.